21:55 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
65631

Rossiya HKKning Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari Togʻli Qorabogʻdagi tinchlikparvarlik operatsiyasida foydalaniladi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiya Togʻli Qorabogʻdagi tinchlikparvarlik operatsiyasida Mi-8 va Mi-24 vertolyotlaridan foydalanadi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Yerevandagi aerodromga 8ta vertolyot yetib keldi.

Xabarda aytilishicha, "vertolyotlardan oʻq otish va jangovar harakatlarni toʻxtatish haqida kelishuvga rioya etilishini havodan monitoring qilishda foydalaniladi".

Bundan tashqari, tinchlikparvar kontingentning shaxsiy tarkibini va mol-mulkini qiyin joylarga yetkazib berishda foydalaniladi.

Avvalroq bir kun ichida Togʻli Qorabogʻga 414 nafar Rossiya tinchlikparvar kuchlari va bir necha oʻnlab avtomobillar va boshqa transport vositalari, shuningdek /ta vertolyot va pilotsiz uchar qurilmalar olib borilgani haqida xabar berilgan.

Umuman olganda, harbiy guruh tarkibi 1960 nafar harbiy, 90 zirhli avtomashina, 380 dona avtomashina va boshqa texnikadan iborat boʻladi.

Teglar:
Armaniston, Togʻli Qorabogʻ, Mi-24 - vertolyoti

Asosiy mavzular