15:20 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
32720

Dunyo boʻyicha "Sputnik V" vaktsinasiga 1,2 miliard dozaga talab kelib tushgan. Uni qondirish uchun vaktsinani xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqish uchun shartnomalar imzolanmoqda.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiyaning Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi (RFPI) hamda GL Rapha biotexnologik kompaniyasi Janubiy Koreyada "Sputnik V" vaktsinasini ishlab chiqarishga kelishib olishdi.

"Janubiy Koreyada yiliga 150 million doza vaktsina ishlab chiqariladi. Vaktsina eksporti 2021 yilning yanvar oyida boshlanadi", - deyilgan xabarda. 

"Sputnik V" vaktsinasiga xalqaro miqyosda paydo boʻlayotgan talabni qondirish uchun hamkorlikni rivojlantirish kerak, - dedi fond rahbari Kirill Dmitriyev.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan COVID-19ga qarshi ishlab chiqilgan dunyoda birinchi koronavirusga qarshi vaktsina 11 avgust kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Bugungi kunga qadar vaktsinani 43 mingdan ziyod kishila olgan va 92 % samaradorlik namoyish etgan. Aynidamda vaktsina Rossiyadan tashqari BAA, Venesuela, Hindiston va Belorussiyada sinovdan oʻtkazilmoqda. 

RFPi direktori Kirill Dmitriyev aytishiga qaraganda bugungni kunga qadar Rossiya vaktsinasiga 20 dan ortiq davlatdan 1,2 milliar doza vaktsinaga soʻrov kelib tushgan. Ayni damda 5ta mamlakat bilan yiliga 500 million doza vaktsina ishlab chiqarish haqida kelishuvga erishilgan

Asosiy mavzular