22:37 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
37810

Suhbatda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Mamlakatlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, transport, hududlararo va gumanitar almashinuv sohalarida, boshqa ustuvor yoʻnalishlarda kengaytirishga xizmat qiladigan qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiya, shuningdek, Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiya va Chegaradosh viloyatlar rahbarlari kengashi ishini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Koronavirus infektsiyasi tarqalishi oqibatlariga qarshi kurashish masalalarida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va koʻmaklashishni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Mirziyoyev Oʻzbekiston qardosh Qirgʻiziston xalqining tinch va barqaror taraqqiyot, farovonlik va ravnaq sari intilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Asosiy mavzular