00:45 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
54901

Nomzodlar orasida - prezident v.b. Sadir Japarov ham bor. U MSQga hujjat topshirgan, ammo nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun qonunga muvofiq davlat rahbari va bosh vazir vakolatlarini 15 noyabr soat 00.00ga qadar oʻzidan sokit qilishi lozim.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Qirgʻiziston prezidentligiga hujjat topshirish muddati yakunlanib borayotgan bir vaqtda nomzodlar soni 50dan oshdi. Bunday raqamlar respublika markaziy saylov qoʻmitasi tomonidan keltirilgan.

Nomzodlar orasida - prezident v.b. Sadir Japarov ham bor. U MSQga hujjat topshirgan, ammo nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun qonunga muvofiq davlat rahbari va bosh vazir vakolatlarini 15 noyabr soat 00.00ga qadar oʻzidan sokit qilishi lozim.

Jurnalistlarga bir oz avval berilgan maʼlumotlarga koʻra, Japarov bu ishni 14 noyabr kuni kechqurun amalga oshirmoqchi. 

Parlamentning sobiq spikeri Kanat Isayev ham prezidentlik poygasida qatnashish istagini bildirdi. Saylovlarda ishtirok etish uchun u 4 noyabr kuni qonunchilik kengashi rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

Nomzodlar orasida boshqa bir qator mashhur siyosatchilar ham bor.

Oʻtgan parlament saylovlarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan va natijalari keyinroq bekor qilingan "Butun Kыrgыzstan" partiyasi yetakchisi - Adaxon Madumarov davlat ham rahbari lavozimiga daʼvogarlik qilmoqda. Shuningdek, saylovlarda Madumarovning partiyadagi sherigi va ichki ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari Kursan Asanov ham qatnashadi.

Nomzodlardan yana biri - mamlakat Konstitutsiyaviy palatasining sobiq sudyasi va muxolifatdagi "Islohotlar" partiyasi yetakchisi Klara Sooronqulovadir. Oktyabr oyi boshida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida uning siyosiy birlashmasi 1,5% ovozga ega boʻlgan.

Shuningdek, nomzodlar orasida qator sobiq parlament aʼzolari, fuqarolik faollari, oʻqituvchilar, yuristlar, pensionerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va oʻndan ortiq vaqtincha ishsizlar ham bor. Bir kishi - siyosatshunos Baqit Baketayev hujjatlarni topshirgandan soʻng, oʻz ixtiyori bilan saylov poygasidan chiqib ketdi.

Qirgʻizistonda prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni boʻlib oʻtishi kerak.

Asosiy mavzular