16:30 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
60211

Asosiysi, tutashuv hududida barcha turdagi jangovar harakatlar toʻxtatildi, biz bugun oʻq ovozini eshitmayapmiz, vaziyat asta-sekin barqarorlashmoqda, dedi tinchlikparvar qoʻmondon.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Togʻli Qorabogʻda hech qanday jangovar harakatlar olib borilmayapti, oʻt ochishni toʻxtatish borasida erishilgan bitim bajarilmoqda. Bu haqda Togʻli Qorabogʻdagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari qoʻmondoni general-leytenant Rustam Murodov aytib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Uch davlat rahbarlari tomonidan imzolangan, 10-noyabr kuni soat 00:00 dan (Boku vaqti bilan 01:00 - tahr.) kuchga kirgan bitimlar bugun toʻliq hajmda amalga oshirilmoqda. Asosiysi, tutashuv hududida barcha turdagi jangovar harakatlar toʻxtatilgan, biz bugun oʻq ovozlarini eshitmayapmiz, vaziyat sekin-asta barqarorlashmoqda ", - deb xabar qilgan Muradov.

U, shuningdek, markaziy harbiy okrugining 15-alohida motooʻqchilar tinchlikparvar brigadasi, shanba, 14 noyabr kuni tutashuv liniyalari boʻylab barcha kuzatuv postlarini joylashtirish ishlarini toʻliq yakunlashini maʼlum qildi.

Qorabogʻ boʻyicha Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlarining uch tomonlama bayonoti 2020 yil 10-noyabrda imzolangan. Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 2020 yil 10 noyabrda Moskva vaqti bilan 00:00 dan (Boku vaqti bilan 01:00) Togʻli Qorabogʻ mojarosi zonasida oʻt ochish va barcha harbiy harakatlar toʻliq toʻxtatishlarini eʼlon qilishdi.

Ushbu bitimga koʻra, Agdam tumani 2020 yil 20 noyabrgacha Ozarbayjon Respublikasiga qaytariladi. 2020 yil 15 noyabrgacha Kelbajar tumani, 2020 yil 1 dekabrgacha esa Lochin tumani qaytarilishi belgilangan. Shu bilan birga, tutashuv liniyasi va Lochin koridori boʻylab Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kontingenti joylashtiriladi. Parallel ravisha okkupatsiya qilingan hududdan Armaniston qurolli kuchlari chiqariladi.

Yaqin uch yil ichida Armaniston va Xankendi oʻrtasidagi aloqani taʼminlash uchun Lochin koridori boʻylab yangi yoʻl qurilishi rejasi tuziladi. Ichki koʻchirilgan shaxslar va qochqinlar Togʻli Qorabogʻ hududiga va unga tutash hududlarga BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi nazorati ostida qaytib kelishadi. Iqtisodiy va transport aloqalarini blokdan chiqarish kutilmoqda. Ozarbayjonning gʻarbiy tumanlari va Naxchivan Avtonom Respublikasi oʻrtasida transport aloqalari taʼminlanadi.

Asosiy mavzular