16:33 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
40812

SpaceX kompaniya rahbari Ilon Mask koronavirusga test natijasi musbat chiqdi, u COVID-19ning “ehtimol oʻrtacha holati”ga chalingan, deb uylamoqda.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. SpaceX kompaniya rahbari Ilon Mask koronavirusga test natijasi musbat chiqdi, u COVID-19ning “ehtimol oʻrtacha holati”ga chalingan, deb uylamoqda.

"Men turli laboratoriyalardan butunlay boshqacha natijalarni olmoqdaman, ammo menda COVIDning yengil holati. Mening alomatlarim - yengil shamollash alomatlari, bu ajablanarli emas, chunki koronavirus - bu shamollashning bir turi", - deb javob berdi Ilon Mask oʻz Twitterda foydalanuvchilardan biriga.

Juma kuni Mask bir kunda koronavirusga 4ta test topshirgani, ulardan 2tasi manfiy, 2tasi musbat natija chiqqanligini aytdi. U Becton, Dickinson and Co kompaniyalari testidan foydalangan.

Keyinchalik u PTSR-test sinovlarini boshqa laboratoriyada oʻtkazishga qaror qilganini, natijalar taxminan 24 soat ichida tayyor boʻlishini qoʻshimcha qildi. Undan koronavirusning biron bir alomati bormi, degan savolga Mask oddiy shamollash alomatlari borligini aytdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
Teglar:
koronavirus, Ilon Mask

Asosiy mavzular