“Ruslan” samolyotlari tinchlikparvar kuch va harbiy texnika bilan Yerevanga yetib keldi

Obuna bo‘lish
Rossiyaning yana ikkita An-124 "Ruslan" harbiy-transport samolyoti tinchlikparvar kuchlari va zirhli mashinalari bilan Yerevanga yetib keldi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiyaning yana ikkita An-124 "Ruslan" harbiy-transport samolyoti tinchlikparvar kuchlari va zirhli mashinalari bilan Yerevanga yetib keldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

"Samolyot 10ta BTR-82A zirhli mashinani, moddiy-texnika ta’minoti vositalarini, shuningdek tinchlikparvar kuch - 30 nafarga yaqin harbiy xizmatchini manzilga yetkazdi", - deyilgan xabarda.

Yuk tushirish, ko‘zdan kechirish va texnika tayyorlangandan so‘ng bo‘linmalar Goris shahriga 300 km marsh qiladi.

Kuni kecha, Mudofaa vazirligi tinchlikparvarlik operatsiyasi boshlanganidan beri harbiy transport samolyotlari 95 ta reys amalga oshirganini ma’lum qilgandi.

Umumiy hisobda harbiy guruh tarkibi 1960 nafar harbiy, 90 zirhli avtomashina, 380 dona avtomashina va boshqa texnikadan iborat bo‘ladi.

Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya yetakchilari Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, tomonlar 10-noyabrda Moskva vaqti bilan soat 00.00dan boshlab harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi.

Kelishuvga binoan RFning tinchlikparvar kontingenti Tog‘li Qorabog‘dagi tutash chizig‘i bo‘ylab va Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston Respublikasi bilan bog‘laydigan koridor bo‘ylab joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0