16:43 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
413 0 0

Prezident saylovining ikkinchi turida "Harakat va birdamlik" partiyasi rahbarini 56,28 % saylovchilar qoʻllab-quvvatlashdi, Igor Dodon uchun esa - 43,72 % fuqarolar ovoz berishgan.

TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Moldova prezident saylovida mamlakat ichida toʻplangan ovozlarning 100 foizi hisoblab chiqilganidan soʻng sobiq bosh vazir va "Harakat va birdamlik" partiyasi rahbari Mayya Sandu prezident saylovining ikkinchi turida yetakchilik qilmoqda. RIA Novosti MSQ xabariga asosan.

Yakshanba kuni Molodova Respublikasida prezident saylovining ikkinchi turi boʻlib oʻtdi. Unda Igor Dodon va Mayya Sandu ishtirok etishdi. "Harakat va birdamlik" partiyasi rahbarini 56,28 % saylovchilar qoʻllab-quvvatlashdi. Igor Dodon uchun esa - 43,72 % fuqarolar ovoz berishgan.

Ayni damda Markaziy saylov qoʻmitasi 98,69 % ovozlarni hisoblab chiqqan. Xisobga olinmagan ovozlar xozir faqat AQSH va Kanadadagi vakolatxonalarda qolgan.

Moldova qonunchiligiga koʻra, saylovning ikkinchi turida ishtirokchilar miqdori belgilanmagan, qaysi nomzod eng koʻp ovoz olsa oʻsha gʻalaba qozonadi. MSQ komissiyasi rahbari oʻrinbosari Vladimir Sharban aytishga koʻra  saylovning ikkinchi turi jiddiy qoidabuzarliklarsiz oʻtgan. Politsiyaga 200 ga ariza kelib tushgan. 

Asosiy mavzular