15:39 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
617 0 0

Pompeo Istanbulga tashrif buyurdi, u bu yerda patriarx Varfolomey Konstantinopolskiy bilan uchrashishi belgilangan. Shu bilan birga, Turkiya poytaxti Anqaraga qadam ranjida qilish Pompeo grafigidan oʻrin olmagan

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan ushbu davlatga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashishga vaqt topmadi, deb maʼlum qildi jurnalistlarga Davlat departamentining oliy martabali amaldori.

"Davlat kotibi ham, turk rasmiy shaxslari, shu jumladan, Tashqi ishlar vaziri (Mevlyut) Chavushoglu ham, qolaversa, fikrimcha, prezident Erdogʻanning oʻzi ham bu roʻy berishini xohlashgan edi. Natijada bu roʻy bermadi. Roʻy bermagani sababi, oxirgi damlarda prezident Erdogʻanning kun tartibi oʻzgarib, bu davlat kotibi tashrifi asosini tashkil qilgan parametrlarga toʻgʻri kelmadi", - dedi diplomat Istanbuldagi brifing davomida.

Davlat departamenti vakili Vashington va Anqara oʻrtasida kelishmovchiliklar borligini tan oldi, ammo Erdogʻan nimadan ranjishi mumkin edi, deya berilgan qistovli savollarga javoban, gap turk yetakchisining kun tartibida ekanligini aytdi.

"Turkiya hukumati... ularni chetlatishganini his qilishgan, deb oʻylamayman. Oxir-oqibat bu jadval masalasiga borib taqaldi. Va gap indallosi haqida gapirar ekanmiz, turklar (AQSH) maʼmuriyati oliy rahbarlari, prezidentning oʻzi va quyi boʻgʻinlardan ular bilan qarashlarimiz qaysi masalalarda toʻgʻri kelmasligini yaxshi bilishadi", - deb qoʻshimcha qildi Davlat departamenti vakili.

Kelishmovchiliklar haqida gapirar ekan, diplomat, qator regionlarda, jumladan, Sharqiy Oʻrta yer dengizi, Liviya va Suriyadagi vaziyatga boʻlgan qarashlarda, deya aniqlik kiritib oʻtdi.

Pompeo Istanbulga tashrif buyurdi, u bu yerda patriarx Varfolomey Konstantinopolskiy bilan uchrashishi belgilangan. Shu bilan birga, Turkiya poytaxti Anqaraga qadam ranjida qilish Pompeo grafigidan oʻrin olmagan.

Anqaraga Rossiyaning eng yangi havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari - S-400 yetkazib berilgach bu Turkiya va AQSH munosabatlarida inqirozga sabab boʻlgan edi. Vashington Anqarani ushbu bitimdan voz kechishga, evaziga amerikaning Patriot majmualarini xarid qilishga chaqirdi, aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchilari savdosini kechiktirilishi yoki butkul bekor qilinishi mumkinligi haqida tahdid qildi. Shuningdek, AQSH Turkiyaga nisbatan CAATSA ("Amerika dushmanlariga qarshi sanktsiyalar vositasi orqali kurashish" toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq)ga muvofiq sanktsiyalar kiritishi mumkinligini ham qoʻshimcha qilgan.

Anqara yon bosishdan bosh tortdi va S-400 ning qoʻshimcha partiyalarini xarid qilish borasida muzokaralarni davom ettirdi.

Asosiy mavzular