22:59 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
52101

Qirgʻiziston TIV rahbari Kazakbayev hukumat mamlakatda faoliyat yuritayotgan XXR kompaniyalari, korxonalari va fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishini taʼminlaydi, deya alohida taʼkidlagan

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Qirgʻiziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev xitoylik hamkasbidan Qirgʻiziston byudjetiga tashqi qarz yukini yengillatish masalasida yordam berishni soʻradi, deb xabar bermoqda QR tashqi siyosiy mahkamasi matbuot-xizmati.

Xabarga koʻra, 16 noyabr kuni Kazakbayev va Xitoy TIV rahbari, Davlat kengashi aʼzosi Van I bilan telefon muloqoti boʻlib oʻtgan. Bu oktyabr voqealaridan keyin ikki mamlakat oʻrtasidagi birinchi oliy darajadagi muloqotdir.

TIV rahbari Qirgʻiziston tomonining XXR bilan doʻstona va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirishda, shuningdek, xalqaro majburiyatlarda oʻz siyosatini izchil davom ettirajagini tasdiqlagan.

"Koronavirus infektsiyasining makroiqtisodiy vaziyatga salbiy taʼsirini hisobga olgan holda, Qirgʻiziston TIV rahbari davlat byudjetiga tashqi qarzdorlik yukini yengillatishda yordam koʻrsatish muhim ahamiyatga ega ekanligiga eʼtibor qaratdi", - deyiladi Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Kazakbayev, hukumat mamlakatda faoliyat yuritayotgan xitoy kompaniyalari, korxonalari va fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishini taʼminlaydi, deya alohida taʼkidlagan. Ushbu maqsadlarda TIVda yaqin istiqbolda Qirgʻizistondagi yetakchi xitoy kompaniyalari va korxonalari vakillari bilan doira suhbatini tashkil qilib, ushbu masalalarni batafsil muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Xitoy TIV rahbari Van I, shuningdek, XXR Qirgʻiziston Respublikasidan ekologik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, XXR Shinjon-uygʻur avtonom respublikasiga qirgʻiz koʻmiri eksporti hajmi koʻpaytirilishidan manfaatdorligini qayd etgan.

Van I Xitoy tomoni xalqaro kun tartibi boʻyicha ham Qirgʻiziston bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

Qirgʻiziston va XXR oʻrtasida yuk tashish hajmini koʻpaytirish maqsadida vazirlar qirgʻiz-xitoy davlat chegarasidagi "Torugart" va "Irkishtom" nazorat-oʻtkazish punktlari toʻliq hajmda faoliyat yuritishi masalalarini muhokama qilganlar.

Oxirgi 12 yilda Qirgʻizistonning XXR oldidagi davlat qarzi 200 barobar oʻsdi - va 1 milliard 775 million 130 ming dollarga yetdi. Hukumat hozirda qator davlatlar, xususan, Xitoy bilan ham qarzni qaytarish muddatini kechiktirish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

Asosiy mavzular