19:27 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
683 0 0

Rossiyada hozir asosan Yevropadan olib kelingan koronavirus tarqalmoqda, Sibirning ayrim joylarida esa Yaponiyadan olib kelingan virus mutatsiyasi aniqlangan.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Bugun "COVID-19 haqida yangi ilmiy maʼlumotlar" mavzusida boʻlib oʻtgan virual simpoziumda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyaning Sibir hududida koronavirus mutatsiyasi aniqlanganini xabar qildi. 

"Biz Sibir hududida maʼlum oʻzgarishlarni aniqladik va ushbu hududda oʻziga xos mutatsiyalarga ega boʻlgan koronavirus shakllanayotgani haqida xulosa qildik. Bu qoʻzgʻatuvchini xavfliroq, kuchliroq yoki kuchsizroq qilmaydi. Biz shunchaki virusda roʻy berayotgan har qanday oʻzgarishlarni qayd qilib bormoqdamiz", - dedi Rospotrebnadzor rahbari. 

Popova aytishiga koʻra, virusing Rossiya hududida aniqlangan mutatsiyasi epidemiologik vaziyatni ham oʻzgartira olmaydi.  

Rospotrebnadzor rahbarining soʻzlariga koʻra, ayni damda Rossiya hududida asosan Gʻarbiy Yevropadan olib kelingan virus shtammlari tarqalmoqda. Epidemiya boshida XXRdan olib kelingan virus shtammlari esa - deyarli tarqalmayapti.

Sibir hududida esa vaziyat biroz boshqacha. U yerda ayrim joylarda Yevropadan olib kelingan virus koʻrinishi tarqalayotgan boʻlsa, boshqa joylarda virusning Yaponiyada tarqalgan mutatsiyasi qayd etilgan. 

 

Asosiy mavzular