Isroil armiyasi suriya harbiylari bo‘ylab zarba berdi

© AP Photo / Majdi MohammedIzrailskie voyennie
Izrailskie voyennie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘qqa tutish taxminlarga ko‘ra Golan tepaligidan amalga oshirilgan, bir nechta raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Oqibatda uchta harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, bir nafari jarohatlangan.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Isroil mudofaa armiyasi suriyalik harbiylar va "Al-quds" maxsus otrad kuchlariga zarba berdi, deyiladi uning Tvitterdagi bayonotida.

Intervyu prezidenta Sirii B. Asada RIA Novosti - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: Suriyada urush hali yakunlangani yo‘q

Sal avvl Suriyaning SANA agentligi Arab Respublikasining Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari Damashq osmoni uzra isroil aviazarbalarini qaytarayotgani haqida xabar bergan edi.

O‘qqa tutish taxminlarga ko‘ra Golan tepaligidan amalga oshirilgan, bir nechta raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Oqibatda uchta harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, bir nafari jarohatlangan.

Isroilliklar bayonotiga ko‘ra, bu suriyaliklar tomonidan ikkita davlatni ajratuvchi "Alfa" liniyalari yaqinida qo‘lbola portlovchi qurilmalar o‘rnatilishiga isroilliklarning javobidir.

Situatsiya v Sirii. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Isroil vertolotlari Suriyaga raketa hujumini amalga oshirdi

Suriya va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas, ikkala davlat tashkil topganidan buyon ular urush holatida. Xususan, Golan tepaliklari maqomi tufayli ular o‘rtasida ko‘p yillardan buyon hududiy bahs masalasi mavjud.

Isroil harbiylari Suriyadagi obyektlar bo‘ylab birinchi bor zarba berayotgani yo‘q. Ular o‘zlarining ushbu harakatini zamonaviy qurilmalarni dushman qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan izohlab kelishadi. Gap birinchi galda mintaqadagi Tehron tomonidan nazorat qilinib, Bashar Asad tomonida jang qilib kelayotgan "Xizbulloh" livan harakati haqida bormoqda.

"Al-Quds" — Eron Islom inqilobi soqchilari korpusi oliy bo‘linmasi bo‘lib, ushbu bo‘linma Erondan tashqaridagi operatsiyalar uchun javob beradi.

Yangiliklar lentasi
0