16:22 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
60741

Gongkong ishlari faqat Xitoyning ichki ishi hisoblanadi, agar "Besh koʻz" alyansi davlatlari Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga tahdid qiladigan boʻlsa, ular "koʻzsiz" qolishi mumkin - Xitoy TIV vakili.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Gongkong ishlari faqat Xitoyning ichki ishi hisoblanadi, agar "Besh koʻz" alyansi davlatlari Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga tahdid qiladigan boʻlsa, ular "koʻzsiz" qolishi mumkin, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan.

Bundan avval Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Kanada tashqi ishlar vazirlari va AQSH davlat kotibining qoʻshma bayonotiga koʻra, Xitoy hukumatini Gonkong qonun chiqaruvchilarini diskvalifikatsiya qilish siyosatini qayta koʻrib chiqishga chaqirgan edi. Besh davlat maʼlumotlarini almashish va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida "Besh koʻz" razvedka alyansiga kirgan.

"Ularning koʻzi beshta yoki oʻnta boʻlishidan qatʼi nazar, agar ular Xitoyning suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish manfaatlariga zarar yetkazishga jurʼat etsa, ularning koʻzlari koʻr boʻlib qolishidan ehtiyot boʻlishsin", - dedi diplomat.

Uning taʼkidlashicha, "Xitoy qatʼiy noroziligini bildiradi va tegishli davlatlar tomonidan xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy qoidalarini qoʻpol ravishda buzilishiga, shuningdek Xitoyning ichki ishi boʻlgan Gonkong masalasida ularning masʼuliyatsiz eʼtirozlariga qatʼiy qarshi chiqadi".

Diplomat Butunxitoy xalq vakillari kengashi Gonkong Qonunchilik kengashi aʼzolarining malakasi toʻgʻrisida konstitutsiya, Gonkong Asosiy qonuni va Gonkong milliy xavfsizlik qonunining tegishli qoidalariga muvofiq qaror qabul qilishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, "bitta mamlakat, ikkita tizim" tamoyilini saqlab qolish va takomillashtirish, Gonkongda qonun ustuvorligini va konstitutsiyaviy tuzumni taʼminlash uchun zarur.

Avvalroq, Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qoʻmitasi yigʻilishda Gonkong qonunchilik kengashi aʼzolarining mandatlaridan zudlik bilan mahrum qilish toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qildi, ularning harakatlari milliy xavfsizlikka tahdid sifatida qaralmoqda.

Asosiy mavzular