14:33 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
38711

Janubiy Koreya poytaxti - Seulda koronavirus infektsiyasining 3-toʻlqini boshlandi. Hozirgi kunda kasallanishning oʻsishi kuzatilmoqda, bu koʻrsatkich fevral-mart va avgust oylarida kuzatilgan edi.

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Janubiy Koreya poytaxti - Seulda koronavirus infektsiyasining 3-toʻlqini boshlandi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Yun Te Xo brifingda maʼlum qildi. Uning soʻzlari The Korea Herald nashrida eʼlon qilindi.

Rasmiy vakilning taʼkidlashicha, hozirgi kunda kasallanishning oʻsishi kuzatilmoqda, bu koʻrsatkich fevral-mart va avgust oylarida kuzatilgan edi. Shu sababli, sogʻliqni saqlash idoralari tez orada munitsipal idoralar vaziyatni yaxshiroq hal qilishi uchun ijtimoiy masofani saqlash darajasiga oid tavsiyalarni eʼlon qiladi.

Janubiy Koreyada bir necha kun ketma-ket 300 dan ortiq COVID-19 holatlari qayd etildi, kuni kecha Seulda 218 ta holat aniqlandi - bu avgust oyidan beri eng yuqori koʻrsatkich.

Janubiy Koreyada besh bosqichli ijtimoiy masofani saqlash tizimi joriy etilgan. Oktyabr oyining oʻrtalaridan boshlab eng past daraja amal qilgan, chunki yangi holatlar soni 60-150 kishi orasida boʻlgan edi.

Hozir Seul va Kvanjuda ijtimoiy masofa saqlash darajasi 1,5 ga koʻtarildi. Bunday holda, asosiy ehtiyot choralaridan tashqari, 100 va undan ortiq odamlarning toʻplanishiga cheklov qoʻyiladi.

Bundan tashqari, koʻp odamlar tashrif buyuradigan "xavfli" obʼyektlarning faoliyati cheklangan. Oʻquvchilar umumiy sonining uchdan ikki qismi maktablarga borishi kerak, baʼzi darslar onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)

Asosiy mavzular