10:07 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
347 0 0

Rossiya TIVi Vashingtonning ochiq osmon shartnomadan chiqishini - “haqiqiy ikkyuzlamachilik” va “publikaga oʻynash” deb atashdi.

TOSHKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiyalik senator Aleksey Pushkov AQShning ochiq osmon toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqishini izohladi. Senator fikriga koʻra AQSH ishtirok etmasa bu shartnomaning ahamiyati qolmaydi.

“Axir NATO mamlakatlari olingan maʼlumotlarni AQShga bermasligiga hech qanday kafolat yoʻq Olingan maʼlumotlar albatta, darhol Vashingtonga yuboriladi”, - dedi Pushkov.  

AQSH 22 noyabrdan Ochiq osmon haqidagi shartnomadan chiqdi. Rossiya TIV xulosasiga koʻra, bundan na Yevropa, na AQSH yoki uning ittifoqchilari xavfsizligiga foyda boʻladi. Vashington pozitsiyasini diplomatlar “haqiqiy ikkyuzlamachilik” va “publikaga oʻynash” deb atashdi.

Bundan buyon Moskva ushbu Shartnomaning qolgan 34 nafar aʼzolaridan shartnoma doirasida olingan maʼlumotlarni, Rossiya hududining fotosuratlarini AQShga bermasliklarni qatʼiy talab qiladi, - degan edi Rossiya TIV.   

Ochiq osmon haqidagi shartnoma 1992 yilda imzolangan boʻlib v 2002 yilda kuchga kirgan edi. Shartnomaga aʼzo davlatlar oʻzaro kelishilgan holda aʼzo dalatlari qurol-aslahalari va harbiy kuchlari haqiada maʼlumot toʻplash imkonini beradi. Asosiysi – ushbu Sharnomaga muvofiq qurollanmagan razvedkachi samolyotlar aʼzo davlatlar hududi ustida uchib oʻtib aerofotosuratlar olishi mumkin.

 

Asosiy mavzular