01:45 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
94720

AQSH harbiy kemasi “John McCain” Buyuk Pyotr koʻrfazida Rossiya chegarasini kesib oʻtdi. Bu holatni RF "Admiral Vinogradov" katta kemasi harbiylari oʻz vaqtida aniqladi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. AQSH harbiy kemasi “John McCain” Rossiya chegarasini kesib oʻtdi, bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.

“Tinch okean flotining "Admiral Vinogradov" katta kemasi Buyuk Pyotr koʻrfazida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining "John McCain" esminetsi tomonidan Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini buzganlik holatini qayd etdi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, AQSH kemasi chiziqdan ikki kilometr nariga oʻtib ketdi.

"Admiral Vinogradov" xorijiy kemani xalqaro aloqa kanali orqali bunday harakatlarni amalga oshirish mumkin emasligi toʻgʻrisida ogohlantirdi.

Shuningdek, Rossiya harbiylari AQSH kemasini haydash uchun taran manevridan foydalanishlari mumkinligi aytildi. Shundan soʻng "John McCain" kemasi neytral suvga qaytib ketdi.

Asosiy mavzular