06:47 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
261 0 0

Oxirgi sutka davomida AQShning bir yoʻla uchta muhim ahamiyatga ega shtatlari - Pensilvaniya (20 saylovchi), Michigan (16) va Nevada (6) - Baydenning gʻalaba qozonganini tasdiqladi

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. AQSH prezidentligida oʻzining gʻalabasi haqida eʼlon qilgan Jo Bayden, oʻz prezidentligining birinchi yuz kunini migratsiyaga oid islohotlar va koronavirusga qarshi kurashga bagʻishlashini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Men senatga immigrantlar haqidagi qonunni yoʻllayman, bu hujjat 11 million nafar roʻyxatdan oʻtkazilmagan insonlarga fuqarolikni olishga yoʻl ochadi", - deb aytgan Bayden NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Siyosatchi, shuningdek, amaldagi prezident Donald Trampning ayrim qarorlarini bekor qilish niyatida ekanligini qoʻshimcha qilgan. Baydenning fikricha, ushbu qarorlar iqlim va insonlar salomatligiga ziyon yetkazgan.

Bayden, shuningdek, Trampga nisbatan surishtiruv oʻtkazish tashabbusini ilgari surmasligini, va jamiki harakatlarini amerika jamiyatiga oʻziga nisbatan ishonchni qaytarishga yoʻnaltirishini maʼlum qilgan.

Shu bilan birga, siyosatchi, u hukmronlik qiladigan yillar Barak Obamaning "uchinchi muddatiga" aylanmasligini aytgan. Bayden Obama davrida sakkiz yil davomida vitse-prezident lavozimini egallagan.

"Biz mutlaqo boshqa dunyoga roʻbaro boʻldik. Prezident Tramp landshaftni oʻzgartirib yubordi. Endi bu "Yolgʻiz Amerika", - deb qoʻshimcha qilgan Bayden.

AQSH prezidentligiga saylovlar 3 noyabr kuni boʻlib oʻtgan, ammo uning yakunlari hozircha eʼlon qilingani yoʻq. Amerika OAV maʼlumotlariga koʻra, demokratlar partiyasidan boʻlgan nomzod gʻalaba uchun saylovchilarning yetarlicha ovoziga ega boʻlgan. Dunyoning ayrim yetakchilari Baydenni davlat rahbari lavozimiga saylangani bilan muborakbod etishga ulgurdilar.

Oxirgi sutka davomida AQShning bir yoʻla uchta muhim ahamiyatga ega shtatlari - Pensilvaniya (20 saylovchi), Michigan (16) va Nevada (6) - Bayden gʻalaba qozonganini tasdiqladi.

Tramp oʻz raqiblarini "saylovni oʻgʻirlash"ga harakat qilganlikda ayblamoqda. Prezident advokati Rudi Juliani saylovlar davomida boʻlgan qonunbuzarliklar tizimli xarakterga ega boʻlganini tasdiqladi. Shu bilan birga Oq uyning amaldagi xoʻjayini Baydenga hukumatni topshirishga tayyorgarlik koʻrish buyrugʻini bergan.

AQShning navbatdagi rahbari 2021 yilning 20 yanvarida qasamyod qilishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular