11:05 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
111 0 0

Xavfli infektsiya eng koʻp tarqalgan koʻrsatkichga ega mamlakatlar uchligiga Qoʻshma Shtatlar, Hindiston va Braziliya kirgan.

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Jahonda koronavirusga chalinganlik boʻyicha tasdiqlangan holatlar 60,1 mlnga yetdi, deb xabar berilmoqda Worldometer - butunjahon statistika saytida.

25-dekabr holatiga koʻra, ushbu virus bilan zararlanish holatlari soni 60 105 740 nafarni tashkil etgan. Pandemiya qurbonlari soni esa – 1 414 868 nafarga yetgan.

Xavfli infektsiya keng tarqalgan koʻrsatkichlar uchligiga AQSH, Hindiston va Braziliya davlatlari kirgan.

Qoʻshma Shtatlarda 12 955 007 koronavirus borligi oʻz tasdigʻini topgan. Oʻlimlar soni esa – 265 891tani tashkil qilmoqda.

COVID-19 koʻrsatkichi 9 222 216 kishini tashkil etgan Hindiston ikkinchi oʻrinda. Qurbonlar soni – 134 743 nafar.

Braziliya 6 121 449 bemorlanganlar bilan uchinchi oʻrinni egallagan, vafot etganlar soni – 170 179 nafar.

Shuningdek, koronavirus eng koʻp tarqalgan davlatlar oʻntaligiga Frantsiya, Rossiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Argentina, Kolumbiya ham kirgan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. Tashkilot davlatlarni infektsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chorlagan.

Oʻzbekistonda 25 noyabr holatiga koʻra, koronavirusga chalinganlar soni 72 039 nafarni tashkil etmoqda. 605 kishi ushbu infektsiya qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)

Asosiy mavzular