13:35 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
90250

Tashqi ishlar vaziri Kan Kyon Va Markaziy Osiyo davlatlarini Janubiy Koreyaning yarim orolda barqaror tinchlik oʻrnatish istaklarini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Kan Kyon Va Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Janubiy Koreyaning yarim orolda barqaror tinchlik oʻrnatish istaklarini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi, deb yozadi Yonhap.

Bu bayonot “Koreya - Markaziy Osiyo 13-hamkorlik forumida aytildi. Forum 2007 yilda iqtisodiy, madaniy, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash uchun boshlangan muloqot platformasi hisoblanadi.

Janubiy Koreya TIV rahbari KXDR bilan tinchlik oʻrnatish "bu butun Yevroosiyo qitʼasida tinchlik va umumiy farovonlik sari yoʻl" ekanligini taʼkidladi.

"Garchi yarimorol atrofida turli noaniqliklar mavjud boʻlsa-da, biz oldinga qadam qoʻyish uchun muloqot boʻyicha harakatlarimizdan voz kechmasligimiz zarur", - deb qoʻshimcha qildi u.

Bundan oldin, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun 24-27-noyabr kunlari Seul shahrida tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.

Forum doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Teglar:
Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya

Asosiy mavzular