14:28 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
61420

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva viloyatida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan "Islom davlati"* yacheykasining faoliyatiga chek qoʻyishdi.

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva viloyatida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan "Islom davlati"* yacheykasining faoliyatiga chek qoʻyishdi. Bu haqda Rossiya FXX matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, guruhning maqsadi - ISHID* saflariga yangi aʼzolarni jalb qilish va terrorchilikni moliyalashtirish boʻlgan.

"Vladimir viloyatida terrorchilik boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida guruh aʼzosi - Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi aniqlanib, hibsga olindi", - deyiladi nashrda.

Qolgan gumonlanuvchilar qayerda joylashganligi haqida maʼlumot ochiqlanmagan.

Shu bilan birga, ular yashagan uyda zarba beruvchi elementlar bilan toʻldirilgan qoʻlbola portlovchi moslama topildi va olib qoʻyildi.

Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov soʻnggi 10 yil ichida jami 150 dan ortiq teraktlarning oldi olinganligini aytgandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Teglar:
terakt, FXX

Asosiy mavzular