13:13 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
831 0 0

Rossiya qirgʻoqlari yaqinida Amerika harbiy kemalarining harakatlari jahon urushigacha boʻlgan xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin - Daily Express.

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya qirgʻoqlari yaqinida Amerika harbiy kemalarining harakatlari jahon urushigacha boʻlgan xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Daily Express jurnalisti Pol Uiters. RIA Novosti xabariga asosan.

Maqola muallifining soʻzlariga koʻra, soʻnggi kunlarda AQSH dengiz kuchlari bilan bogʻliq ikkita muhim voqea yuz berdi: xususan, 23 noyabr kuni “Donald Cook” harbiy kemasi NATOning harbiy operatsiyasi doirasida – “dengizda xavfsizlikni taʼminlash" maqsadida Qora dengizga keldi. Kuni kecha esa "John McCain" kemasi Buyuk Pyotr koʻrfazidagi Rossiya chegarasini noqonuniy kesib oʻtdi.

"Uchinchi jahon urushi xavfi Rossiya harbiy kemasi Amerika harbiy kemasini haydab yuborgandan soʻng yana avj oldi, bu esa Moskvaning ishontirishicha, kema Buyuk Pyotr koʻrfazidagi Rossiya chegarasini noqonuniy kesib oʻtdi", - deyiladi maqolada.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Tinch okean flotining "Admiral Vinogradov" katta kemasi Buyuk Pyotr koʻrfazida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining "John McCain" esminetsi tomonidan Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini buzganlik holatini qayd etdi.

Rossiya harbiylari AQSH kemasini haydash uchun taran manevridan foydalanishlari mumkinligi aytildi. Shundan soʻng "John McCain" kemasi neytral suvga qaytib ketdi.

Asosiy mavzular