12:52 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
324 0 0

Qirgʻiziston Konstitutsiyaviy kengashining aʼzosi Sadirdin Toraliyev rus tilidan rasmiy maqom olib tashlashni taklif qildi.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Qirgʻiziston Konstitutsiyaviy kengashining aʼzosi Sadirdin Toraliyev rus tilidan rasmiy maqomni olib tashlashni taklif qildi.

"Bu keskin boʻlib eshitilishi mumkin. Ammo mening taklifim - faqat qirgʻiz tilini davlat tili sifatida qoldirish. Boshqa tillarni boshqa qonunlar bilan rivojlantiramiz", - degan Toraliyevning soʻzlarini keltiradi 24.kg agentligi.

Unga koʻra, yoshlar qirgʻiz tilida gaplashishni toʻxtatdilar.

"Nega ular qirgʻiz tilini oʻrganmaydilar? Chunki bunga ehtiyoj yoʻq. Biz uni yaratishimiz kerak. Shundagina hamma qirgʻiz tilini oʻrganishni va gapirishni boshlaydi", - dedi Toraliyev.

Rus tilining rasmiy maqomi davlat maqomi - qirgʻiz tili bilan bir qatorda Qirgʻiziston Konstitutsiyasida mustahkamlangan.

Qirgʻiziston prezidenti devoni axborot siyosati boʻlimi mudiri Nurgazi Anarqulov Toraliyevning taklifi yuzasidan izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Amaldorning soʻzlariga koʻra, Toraliyev bayonoti faqat uning shaxsiy fikri sifatida qaralishi kerak.

"Konstitutsiyaviy kengash 80 dan ortiq aʼzoga ega, har kimning oʻz fikri bor. Umid qilamanki, oxir-oqibat ularning barchasi umumiy fikrga keladi, shu sababli bu jamoat arbobining taklifiga butun konstitutsiyaviy yigʻilishning fikri sifatida emas, balki uning shaxsiy fikri sifatida qarash kerak", - dedi Anarqulov.

Uning taʼkidlashicha, bunday takliflar prezident apparatida koʻrib chiqilmayapti va qonunga asosan rus tili rasmiy til maqomiga ega.

Teglar:
Qirgʻiziston

Asosiy mavzular