14:08 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
85310

Argentinada dafn marosim xizmati xodimlari Diyego Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi.

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Argentinada dafn marosim xizmati xodimlari Diyego Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi, bu esa katta janjalga sabab boʻldi, deb xabar qildi TN nashri.

Nashr qilingan suratlarning birida, byuro xodimi qoʻlini Maradonaning peshonasiga qoʻyib, bosh barmogʻini tepaga (zoʻr) ishorasini koʻrsatib suratga tushgan.

Dafn marosimi byurosi xodimlarining xatti-harakatlari Argentina jamiyatining gʻazabiga sabab boʻldi, koʻpchilik ularni jazolashni talab qilmoqda.

Byuro rahbari xodimlardan biri ishdan boʻshatilgani haqida xabar berdi va futbolchining oilasidan kechirim soʻradi.

Kuni kecha Buenos-Ayresda 60 yoshida odamdan koʻz yumgan jahon futboli afsonasi Diyego Maradonaning dafn marosimi boʻlib oʻtdi.

Diyego Maradonani soʻnggi marta 30 oktyabrda omma orasida koʻrishgan. U Argentina chempionatining 1-turi "Ximnasiya va Esgrima" va "Patronato" (3:0) oʻrtasida kechgan, oʻzining 60 yilligiga bagʻishlangan uchrashuvida koʻrinish bergan.

Uchrashuv oldidan Maradonaga esdalik taxtachasi topshirilgan. Diyego matchni oxirigacha tomosha qilmagan, oʻzini yomon his qilayotganini aytib, ketgan. Maradonaning sogʻayishi alkogolizm va narkomaniya oqibatlari tufayli qiyinlashgan edi.

Teglar:
Diyego Maradona

Asosiy mavzular