Shimoliy Koreyada karantin choralarini buzgan bojxonachi qatl etildi - OAV

© AP Photo / Dita AlangkaraPolitseyskiy okolo 105-etajnogo otelya Ryugyong v Pxenyane
Politseyskiy okolo 105-etajnogo otelya Ryugyong v Pxenyane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya hukumati noyabr oyida bojxona xodimini qatl etdi, u COVID-19 tufayli joriy etilgan taqiqlarga qaramay, chet eldan tovarlarni olib kirish faoliyati bilan shug‘ullangan.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Shimoliy Koreya hukumati noyabr oyida bojxona xodimini qatl qildi: u COVID-19 tufayli joriy etilgan taqiqlarga qaramay, chet eldan tovarlarni olib kirish faoliyati bilan shug‘ullangan. Bu haqda NewDaily gazetasi Janubiy koreyalik deputatlar ma’lumotiga asosan xabar qildi.

Mnogotisachniy miting v maskax na ploshadi Kim Ir Sena v Pxenyane, posvashenniy nachalu 80-dnevnoy kampanii v podderjku predstoyashego 8-go syezda Rabochey partii Korei, kotoriy sostoitsya v yanvare 2021 goda, KNDR - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya Markaziy Osiyo davlatlaridan KXDR masalasida yordam so‘ramoqda

Ta’kidlanishicha, parlament razvedka qo‘mitasi kotiblari, deputatlar Kim Bon Gi va Xa Gon Txe juma kuni jurnalistlarga razvedka hisoboti asosida bu haqda xabar berishdi.

Koreya Respublikasi Milliy razvedka boshqarmasi (NIS) ma’lumotlariga ko‘ra, 8-noyabr kuni KXDR Xitoy bilan chegaradosh Siniyju shahrida epidemiyaga qarshi choralarni buzgan holda tovarlarni mamlakatga olib kirgan bojxona xizmati xodimini o‘lim jazosiga hukm qildi.

Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, KXDR rahbari Kim Chen In so‘nggi vaqtda "haddan tashqari g‘azab" ko‘rsatmoqda va mantiqsiz qarorlar qabul qilmoqda. Xususan, oktabr oyi oxirida valyuta kursining keskin ko‘tarilgani uchun nufuzli pul almashtiruvchi o‘limga mahkum etilgandi. Chet el tovarlari importi aniqlangan har qanday hududda “lokdaun” e’lon qilinmoqda, bu esa qo‘shimcha iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. 1-noyabrda Xesan porti, 5-noyabrda Rajin shahri, 6-noyabrda Nampxo porti va 20-noyabrda Pxenyanga kirish yo‘li yopildi.

Shuningdek, KXDR dengiz suvi COVID-19 bilan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi sababli baliq ovlash va tuz qazib olishni to‘xtatdi. Janubiy Koreya OAVlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi keskin cheklovlari sababli Shimoliy Koreya harbiylari sentabr oyida mamlakat suvlariga suzib kelgan Janubiy Koreyaning baliq ovini nazorat qilish idorasi xodimini o‘ldirishdi.

Yangiliklar lentasi
0