02:08 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
34111

Eronda terrorchilar hujumi oqibatida yadroshunos-fizik olim, mamlakat mudofaa vazirligi huzuridagi tadqiqot va innovatsiyalar tashkiloti rahbari Muhsin Faxrizoda oʻldirildi.

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Eronda terrorchilar yadroshunos-fizik olim, mamlakat mudofaa vazirligi huzuridagi tadqiqot va innovatsiyalar tashkiloti rahbari Muhsin Faxrizodani oʻldirishdi, deb xabar qildi RIA Novosti. 

Mudofaa vazirligining xabar berishicha, qurollangan odamlar kecha kunning ikkinchi yarmida olimga hujum qilishgan, uning soqchilari va terrorchilari oʻrtasidagi otishma paytida Faxrizoda ogʻir jarohat olgan va kasalxonada vafot etgan. Mamlakat hukumati bu hodisani terakt deb atab, AQSH va Isroil qotillikka aloqador, deb aytdi.

"Amerikaning jinoiy qoʻli, sionistik rejimi... koʻrinmoqda" - ISNA agentligi, Eron armiyasi qoʻmondoni Abdulrahim Musaviyning soʻzlaridan iqtibos keltiradi, u olimning oʻlimi uchun qasos olish niyatini eʼlon qildi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va "davlat terrorizmi" aktini qoralashga chaqirdi.

Eron hukumati BMTga xat yubordi, unda AQSH va Isroilni har qanday avantyuralardan ogohlantirdi va oʻz manfaatlari va xalqlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish huquqini oʻzida saqlab qolishlarini bildirdilar. Vashington va Quddus hozircha vaziyatga izoh berishmadi.

BMT mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishi mumkin boʻlgan qadamlardan qochishga va vazminlikka chaqirdi.

Asosiy mavzular