22:13 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
170 0 0

Minalashtirilgan avtomobil xudkush terrorchi bilan Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari bataloni oldida portlab ketgan.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Afgʻonistonning Gʻazni shahrida portlash sodir boʻldi, qurbonlar bor. Bu haqda “Ariana News” agentligi xabar qilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida 28 kishi halok boʻlgan, 19 kishi esa jarohat olgan. Guvohlar harbiylar va jangarilar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar haqida maʼlum qilishmoqda.

​Minalashtirilgan avtomobil xudkush terrorchi bilan Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari bataloni oldida portlab ketgan. Mahalliy kasalxona rahbari barcha barcha jabrlanganlar harbiy xizmatchilar ekanligini tasdiqlagan.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi universitet oldida otishma sodir boʻlgani xabar qilingan edi.

Teglar:
jangarilar, portlash, Afgʻoniston

Asosiy mavzular