13:32 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
103440

Annegret Kramp-Karrenbauer bir necha kun ilgari Bundestagda chiqish qilayotib, Rossiya bilan qurolsizlanish toʻgʻrisida “kuch yoʻli bilan” muzokaralar oʻtkazishga chaqirgan edi.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu germaniyalik hamkasbi Annegret Kramp-Karrenbauerning Rossiya bilan kuch yoʻli bilan gaplashish kerak haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Shoygu Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi haqida gapirayotib, joriy yil aprelida Qora dengizda urush vaqtida bortida odamlar bilan choʻktirilgan “Armeniya” teploxodi topilganini eslatdi. Rossiyalik vazirning soʻzlariga koʻra, bu gapirish kerak boʻlgan urushning koʻp sonli epizodlaridan biridir.

“Ayniqsa, bugungi kun siyosatchilari avlodlari, aytaylik, oʻsha Germaniyaning, bizga hayotni oʻrgatishni va kuch yoʻli bilan qanday biz bilan gaplashish kerakligini hikoya qilishni boshlayotgan bir paytda”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Annegret Kramp-Karrenbauer bir necha kun ilgari Bundestagda chiqish qilayotib, Rossiya bilan qurolsizlanish toʻgʻrisida “kuch yoʻli bilan” muzokaralar oʻtkazishga chaqirgan edi: “Bu Germaniya tashqi siyosatining hamisha yaxshi pozitsiyasi boʻlgan, kelajakda ham shunday boʻlib qolishi lozim".

“Bu yerda koʻproq, bilasizmi, umuman boshqa maktab oʻquvchilariga yopishayotgan quyi sinf oʻquvchi qizining chiqishiga oʻxshaydi. Boz ustiga oyisi yoki dadasi maktab direktori boʻlgan oʻquvchi qizning. U oʻziga hamma narsani ep koʻrishi mumkin. Bolalar, biz boshqa maktabdamiz, direktorimiz ham boshqa”, - dedi Shoygu.

Teglar:
Annegret Kramp-Karrenbauer, Sergey Shoygu, Germaniya, Rossiya

Asosiy mavzular