13:34 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (50)
82320

Mamlakat Oliy sudi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Qirgʻiziston Oliy sudi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi.

Joriy yil iyun oyida Bishkek Birinchi may tuman sudi Atambayevni mazkur ish yuzasidan 11 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etgan edi.

Sputnik Qirgʻiziston agentligi xabariga koʻra, jinoiy ish Birinchi may tuman sudida boshqa tarkibda yangidan koʻrib chiqilishi yuborilgan.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.

Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (50)
Teglar:
sud, hukm, Almazbek Atambayev, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular