13:27 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
171332

Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH va Xitoydan kelgan xalqaro iqlimshunoslar guruhining tadqiqotiga koʻra, soʻnggi 20 yil ichida Markaziy Osiyoda issiqlik anomaliyalari koʻlami keskinlashdi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH va Xitoydan kelgan xalqaro iqlimshunoslar guruhining tadqiqotiga koʻra, soʻnggi 20 yil ichida Markaziy Osiyoda issiqlik anomaliyalari koʻlami keskinlashdi. Tadqiqot Science jurnalida chop etilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Global isish tufayli, AQShning janubi-gʻarbiy qismidagi hudud singari, qurgʻoqchil Moʻgʻul platosi hosilsiz choʻlga aylanmoqda.

Maqolada yozilishicha, inson faoliyati iqlimni oʻzgartirmoqda, bu Osiyoni markaziy mintaqasining ekologik tizimiga taʼsir qilmoqda. Bu dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Olimlar 260 yil davomida ignabargli daraxtlarni tahlil qildilar. Buning natijasida issiqlik toʻlqinlarini kuzatishga, tuproq namligi haqida maʼlumot olishga muvaffaq boʻlishdi. Shunday koʻra, soʻnggi yillarda jaziramaning davri keng koʻlamda oʻsib borayotganini maʼlum boʻldi.

Tadqiqot hammualliflaridan biri Dalian Chenning Eurekalert’ga aytishicha, issiqlik toʻlqinlari tuproqda suvning katta yoʻqotilishiga olib keladi. Tuproq nam boʻlganda, undan chiqadigan gazlar havoni sovitadi, namlik boʻlmaganida esa, issiqlik havoga oʻtadi.

Olimlarning fikriga koʻra, Markaziy Osiyodagi iqlimiy vaziyat ortga qaytmas nuqtaga yaqinlashmoqda va ekotizimda halokatli oʻzgarishlar yuz bermoqda, bu esa baʼzi hayvon turlarining yoʻq boʻlib ketishiga olib kelishi mumkin. Ushbu iqlim oʻzgarishi butun dunyo boʻylab iqlim bilan bogʻliq boshqa atmosfera jarayonlariga taʼsir qilishi mumkin.

Teglar:
Markaziy Osiyo

Asosiy mavzular