TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Germaniyaning Trir shahrida haydovchi mashinani piyodalar ustiga haydadi.
Mahalliy politsiya xabariga koʻra, buning natijasida bir necha kishi jarohat olgan. Hozirda voqea joyiga politsiya va boshqa xizmat xodimlari yetib kelgan.
Mehrere Verletzte, die von einem Auto angefahren wurden, in der Fußgängerzone in #Trier. Bitte meidet den Bereich, die Polizei ist gemeinsam mit weiteren Einsatzkräften vor Ort.
— Polizei Trier (@PolizeiTrier) December 1, 2020
Mahalliy OAVlar ikki kishi qurbon boʻlgani va haydovchi qoʻlga olingani haqida yozmoqda. Hukumat hozircha bu maʼlumotlarni tasdiqlamagan.