Fransiyada 300 kg vaznli erkak kran yordamida uydan olib chiqildi

© AFP 2023 / RAYMOND ROIGVo Fransii 300-kilogrammovogo mujchinu vitashili iz doma
Vo Fransii 300-kilogrammovogo mujchinu vitashili iz doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyada qutqaruvchilar kvartiradan 300 kilogramm vaznli erkakni olib chiqish uchun qurilish kranidan foydalanishdi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Fransiyaning janubidagi Perpinyan shahrida qutqaruvchilar qurilish krani yordamida kvartiradan 300 kilogramm vaznli erkakni olib chiqishdi, deb xabar berdi France3 Occitanie telekanali.

Aksiya v Indonezii protiv politiki E. Makrona - Sputnik O‘zbekiston
Makron karikaturalar nashriga Fransiya hukumatining aloqasi yo‘qligini aytdi

Oktabr oyi oxirida, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan fuqaro bir yildan buyon o‘z xonadonidan chiqa olmayotgani, uning advokati ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi. Alen ismli kishi 2019-yil iyulidan beri shahar meriyasidan yordam kutmoqda. O‘sha vaqtda erkak yiqilib, tos suyagini sindirib olgan edi.

Seshanba kuni qutqaruv operatsiyasiga 50 ga yaqin odam - politsiya xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va shahar meriyasi vakillari jalb qilindi. Alena uyi joylashgan tor ko‘chada joylashgani tufayli operatsiyani murakkablashdi. Fasadni qisman olib tashlashi evaziga kvartiraning derazasi kengaytirildi. Uyda istiqomat qiluvchilar vaqtincha evakuatsiya qilindi.

Derazagacha ko‘tarilgan kran yordamida Alen maxsus konteynerga joylashtirildi. Yerda esa konteyner tez yordam mashinasiga joylashtirildi. Erkak Monpelyedagi kasalxonaga olib kelindi.

Tibbiy ko‘rik va kerakli davolanishdan so‘ng, Alen ortiqcha vaznga ega odamlar uchun Tuluzadagi ixtisoslashtirilgan markazga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0