12:33 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
98710

Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada boʻlib oʻtgan "Miss Universe-2020" xalqaro goʻzallik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada boʻlib oʻtgan "Miss Universe-2020" xalqaro goʻzallik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon. Emiliya “Miss Yevropa” unvoniga sazovor boʻldi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot E M I L I A (@emi_hamidova)

Loyihada turli davlatlardan kelgan ayollar ishtirok etishdi. Gʻoliblar SMS orqali ovoz berish va hakamlar hayʼati tomonidan aniqlandi. Taqdirlash marosimi Vegas City Hall da oʻtgan yillar ishtirokchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot E M I L I A (@emi_hamidova)

Gamidova Bokuda tugʻilgan. U yoshligidanoq oʻzi daromad topishni orzu qilar edi va u bunga erishdi. 14 yoshidan boshlab Gamidova model biznesida ish boshladi, koʻplab loyihalarda qatnashdi.

Ayni vaqtda Emiliya Moskva davlat madaniyat instituti aktyorlik fakultetining 4-kurs talabasi. Moda biznesidan tashqari Gamidova Rossiya seriallari va filmlarida ham rol oʻynagan.

Asosiy mavzular