14:16 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
133131

Rossiya Fanlar akademiyasi kosmik tadqiqotlar instituti direktori Quyosh Yerga qachon xavf solishni boshlashini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Quyosh oʻz umrining yarmini yashab boʻldi va bir necha yuz million yildan soʻng haddan tashqari issiqlik bilan Yerga xavf solishni boshlaydi, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar instituti direktori Anatoliy Petrukovich. RIA Novosti xabariga asosan.

"Bizning yulduz paydo boʻlganda, hozirgiga qaraganda sovuqroq boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan u asta-sekin qizimoqda va undan chiqayotgan nurlanish oqimi oʻsmoqda. Zamonaviy tushunchalarga koʻra, Quyosh bir necha yuz million yildan soʻng, Yerga tahdid sola boshlaydi, chunki undan keladigan issiqlik oqimi, Yerning zamonaviy iqlimi uchun ortiq darajada koʻp boʻladi", - dedi olim.

Biroq, insoniyat bu muammoni qandaydir tarzda hal qilish uchun, masalan, atmosferani tartibga solish yoki Yerdan uchib ketish uchun juda koʻp vaqtga ega.

Petrukovich taʼkidlashicha, Quyosh taxminan 4,5 milliard yil yashadi va hozirgi holatida yana shuncha miqdorda vaqt boʻladi. "Bu shunday yulduz uchun odatiy hayot tsikli. Soʻnggi bosqichga kelganda, u qizil gigantga aylana boshlaydi, kengayadi va hatto Yerni yutib yuborishi mumkin", - deb qoʻshimcha qildi ekspert.

Teglar:
Quyosh, Oy, kosmos

Asosiy mavzular