06:05 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
92 0 0

Makdonalds oʻz muxlislari talablariga muvofiq Bigmak retseptini oʻzgartirishga qaror qildi: endi kotletalar orasidagi non boʻlmaydi...

TOSHKENT, 2 dek - Sputnik. "Makdonalds" oxirgi 50 yilda ilk bor oʻzining eng mashhur gamburgeri "Bigmak" retseptini oʻzgartirishga qaror qildi, Bloomberg xabariga asosan.

Bundan buyon fastfud tarmogʻi xoʻrandalarga Bigmakning ikki xilini taklif qiladi. Ularning birida qiyma goʻshtli kotletalar orasiga qoʻyiladigan non boʻlagi boʻlmaydi. Ikkinchi xil gamburger esa yanada kattaroq boʻladi va uning kaloriyasi 860 kkalgacha oshadi.

Xabarda aytilishiga koʻra, dunyoga mashhur fastfud tarmogʻi oʻz muxlislari talablariga toʻliq javob berish uchun ana shunday qaror qabul qilgan. 

Asosiy mavzular