AQShda yana bir sirli monolit paydo bo‘ldi

© Utah Highway PatrolMetallicheskiy monolit, obnarujenniy sotrudnikami departamenta obshestvennoy bezopasnosti pustine shtata Yuta
Metallicheskiy monolit, obnarujenniy sotrudnikami departamenta obshestvennoy bezopasnosti pustine shtata Yuta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu to‘g‘riburchakli temir jism bir necha kun avval AQShning Yuta shtatidagi cho‘lda va Ruminiyada paydo bo‘lgan va sirli ravishda o‘zidan o‘zi yo‘qolib qolgan obyektlarga juda o‘xshaydi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. AQShda yana bir sirlik monolit paydo bo‘lsa, bu safar Kaliforniyadagi tog‘da. Bu haqda mahalliy  gazeta “Atascadero News” xabar qilmoqda.

Ushbu to‘g‘riburchakli temir jism bir necha kun avval AQShning Yuta shtatidagi cho‘lda va Ruminiyada paydo bo‘lgan obyektlarga juda o‘xshaydi.

Nashrning yozishicha, obyekt zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lishi mumkin. Uning balandligi uch metr, kengligi 46 santimetr, og‘irligi esa taxminan 90 kilogrammni tashkil etadi.

24 noyabr kuni AQShning Yuta shtatidagi cho‘lda noma’lum metall monolit topilgan edi. Bir necha kun o‘tib u sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik shunga o‘xshash jism Ruminiyaning Pyatra-Nyams shahri yaqinida topildi. Rumin OAVlari ham monolit sirli ravishda g‘oyib bo‘lgani haqida yozishdi.

Yangiliklar lentasi
0