07:34 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
301 0 0

BMTning Narkotik moddalar boʻyicha komissiyasi marixuanani va uning yelimi (smola)ni qatʼiy nazoratni talab qiladigan narkotik moddalar roʻyxatidan chiqarib tashladi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. BMTning Narkotik moddalar boʻyicha komissiyasi marixuanani va uning yelimi (smola)ni qatʼiy nazoratni talab qiladigan narkotik moddalar roʻyxatidan chiqarib tashladi. 

Sotrudniki UVD g. Chirchik izʼyali 5,7 kg marixuannы
Sledstvennыy departament pri MVD Respubliki Uzbekistan

Ushbu qaror Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyasi asosida qabul qilindi. Komissiyaga kiruvchi 53ta davlat vakillari ovoz berda qatnashgan: 27 ta davlat yoqlab, 25 ta davlat esa qarshi ovoz berdi, bitta davlat betaraf. AQSH va Yevropaning ayrim shtatlari tuzatishlar uchun ovoz bergan, Xitoy, Rossiya, Pokiston va boshqa mamlakatlar – qarshi chiqdi.

Tibbiy kannabisning xavfli giyohvand moddalar roʻyxatidan chiqarilishi uning qoʻllanishi ortidan nazorat susaytirilishini anglatmaydi: har bir davlat avvalgiday oʻzi mustaqil ravishda nazorat darajasini belgilaydi.

BMT kannabisni terapevtik xususiyatlarga ega vosita sifatida tan oldi. Bu qaror kannabisdan tibbiy tadqiqotlarni oʻtkazishga imkon beradi.

Bugungi kunda marixuana Yevropaning qator davlatlarida, AQShning 30 dan ortiq shtatida qisman legallashtirilgan. Kannabisga toʻliq qonuniy ruxsat berilgan davlatlar ham bor, masalan, Kanada.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va malta davlatining “Melabis” kompaniyasi oʻrtasida tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun kannabis yetishtirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga koʻra, Sardoba tumanida 3 ming gektar maydonga sanoat uchun kannabis yetishtirish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Dastlabki yil 500 gektar maydonga kannabis ekish koʻzda tutilgan boʻlib, keyingi 3 yil ichida ushbu oʻsimlikning ekin maydonini 3 ming gektargacha kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular