17:08 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
223 0 0

Moskvada 4 dekabrdan koronavirusga qarshi emlanish uchun elektron yozilish boshlanadi. Birinchi navbatda taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda ijtimoiy xizmat xodimlari emlanadi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada 4 dekabrdan koronavirusga qarshi emlanish uchun elektron yozilish boshlanadi, 5 dekabrdan esa emlash punktlari ish boshlaydi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.

“... ommaviy emlashning ulkan mexanizmini tigʻishlashtirish maqsadida taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda shahar ijtimoiy xizmat xodimlari uchun 2020 yil 4 dekabrdan emlanish uchun elektron yozilishni ochamiz”, - deya yozdi Sobyanin.

Yaqin hafta ichida vaktsina partiyalarining yetkazib berilishi bilan emlashda ishtirok etuvchi kishilar guruhi kengayadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi  ommaviy emlashni boshlashni topshirgan edi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaktsina roʻyxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaktsinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaktsinasi ham roʻyxatga olinishi kutilmoqda.

Teglar:
Sergey Sobyanin, koronavirus, emlash, vaktsina, Moskva

Asosiy mavzular