16:33 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)
60310

"Koronavirus hech qachon yoʻq qilinmaydi, vaktsina qilingan taqdirda ham u mavsumiy kasallik sifatida saqlanib qoladi", - dedi angliyalik bosh shikofor Jonatan Van Tam.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Koronavirus hech qachon yoʻq qilinmaydi, vaktsina qilingan taqdirda ham u mavsumiy kasallik sifatida saqlanib qoladi, deb hisoblaydi Angliya bosh vrachining oʻrinbosari Jonatan Van Tam. RIA Novosti xabariga asosan.

Buyuk Britaniya chorshanba kuni koronavirusga qarshi vaktsinani sertifikatladi.

Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi Pfizer va BioNTech kompaniyalari yaratgan vaktsinadan foydalanishga ruxsat olganini maʼlum qildi. Keyingi haftda vaktsinani Buyuk Britaniyada olsa boʻladi.

Ommaviy emlash 2021 yilning bahorida boshlanadi, may oyida aholining eng zaif toifalari, shifokorlar, ijtimoiy ishchilar va qariyalar vaktsinani oladi.

"Koronavirus hech qachon yoʻq qilinmaydi, deb oʻylayman, u mavsumiy muammo boʻlib qolishi mumkin deb oʻylayman ... biz oʻrgangan odatlar - niqob va sanitayzerlar  - saqlanib qolinishi mumkin", - dedi Van Tam chorshanba kuni brifingda.

Mutaxassisning fikriga koʻra, ventilyatsiyasi yomon boʻlgan xonalar, odamlar zich joylashgan xonalar eng xavfli boʻlib qolmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1351)
Teglar:
koronavirus pandemiyasi, koronavirus

Asosiy mavzular