16:15 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
211 0 0

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Baltnews va Sputnik Latviya portallarining rus tilida soʻzlashadigan jurnalistlariga nisbatan Latviya hukumatining xatti-harakatlarini keskin qoraladi.

Avvalroq Sputnik yaqin xorij portali maʼlum qilishicha, OAV xodimlari Latviya Jinoyat qonunining 84-moddasi boʻyicha - Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar rejimini buzganlikda ayblanmoqda. Soʻroqlardan soʻng, ulardan mamlakatni tark etmaslik toʻgʻrisida tilxal olingan. Ularga nisbatan jarimadan tortib qamoqgacha boʻlgan jazo qoʻllanilishi mumkin.

“Latviya davlat xavfsizlik xizmatining 3 dekabr kuni Riga shahridagi Sputnik byurosi xodimlari va rusiyzabon jurnalistlarga qarshi olib borgan tajovuzkor harakatlarini - demokratik jamiyat asoslari - ommaviy axborot vositalari va soʻz erkinligini buzishning, chidab boʻlmaydigan namunasi, deb hisoblaymiz. Eslatib oʻtamiz, jurnalistlar qoʻlga olingan, soʻroq va tintuv amalga oshirilib, jinoiy ayblovlar qoʻyilgan", - deyilgan TIV veb-saytidagi bayonotda.

Vazirlikda taʼkidlanishicha, Sputnik Latviya jamoasini Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar rejimini buzganlikda ayblash qatʼiyan nomaqbul.

"Ushbu cheklovlar shaxsiy xarakterga ega, "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselevga shaxsan tegishli va mediaxolding bilan hamkorlik qilayotgan barcha kishilarga taalluqli boʻlishi mumkin emas", - deyilgan vazirlikda.

Shuningdek, "bir vaqtning oʻzida Baltnews axborot agentligining rus tilida soʻzlashadigan jurnalistlari va Latviyadagi bir qator jamoat arboblari taʼziqqa uchradi”.

"Buning hammasi haqiqiy jazolash aktsiyasi, uydirma ayblovlarning tubmaʼnosida rusofob qarashlar boʻlganligiga hech qanday shubha yoʻq. Bu masala YEXHT vazirlar kengashida koʻtariladi", - deyilgan xabarda.

Vazirlik YEXHTning OAV erkinligi boʻyicha yangi vakili boʻlayotgan voqealarni eʼtiborsiz qoldirmasligiga va OAVlariga nisbatan "bunday hujumlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaslik", shuningdek "soʻz erkinligini taʼminlash boʻyicha xalqaro majburiyatlarni bajarish zarurligi"ni Latviyaga koʻrsatib oʻtishiga umid bildirdi.

"Biz Yevropa Ittifoqi tomonidan ham adekvat baho berilishiga umid qilamiz", - deb xulosa qildi Rossiya vazirligi.

Oʻz navbatida, “Rossiya segodnya” va RT bosh muharriri Margarita Simonyan oʻzining Telegram-kanalida Rossiya Baltnews va Sputnik Latviya xodimlariga nisbatan jinoiy taʼqibga javob berishiga umid bildirdi.

Xuddi shunga oʻxshash vaziyat oʻtgan yili Estoniyada ham yuz bergandi. Mamlakat politsiyasi va chegara xizmati boshqarmasi rahbariyati Sputnik Estoniya xodimlarini, agar ular bosh tashkilot bilan ishlashni toʻxtatmasa, ularga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatish bilan qoʻrqitgandi. Ushbu harakatlar Yevropa Ittifoqining 2014 yil 17 martdagi bir qator jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanktsiyalari bilan izohlandi. Biroq, YEI cheklovlari “Rossiya Segodnya” XAAga (uning tarkibida Sputnik) emas, balki shaxsan agentlikning bosh direktori Dmitriy Kiselevga qarshi qaratilgan.

YEXHTning OAV erkinligi boʻyicha vakili Arlem Dezir avval taʼkidlaganidek, Tallin Yevropa Ittifoqining shaxsiy sanktsiyalarini Sputnik Estoniya butun jamoasiga qoʻllash istagi ommaviy axborot vositalari erkinligi sohasida muammo tugʻdirmoqda.

Prezident Vladimir Putin Sputnik Estoniya atrofida yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha izoh berganda, “Rossiya hukumati Sputnik’ning boshqa mamlakatlarda ishlashini qoʻllab-quvvatlash borasida barcha choralarni koʻrmoqda”, deb taʼkidlagandi.

Asosiy mavzular