14:16 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
154810

Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manjga koʻra, bu uning uchun muhim gʻalaba. Tafsilotlar bilan xabarimizda tanishing

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. Gulnora Karimova Shveytsariyada sudda gʻolib chiqdi, deb yozadi Bloomberg.

Qarorga binoan Federal Apellyatsiya sudi Karimovaning Gibraltar kompaniyasi Takilant Ltd ning qonuniy benefitsiari boʻlganligi toʻgʻrisidagi daʼvosini qondirdi, uning mablagʻlari 2018 yilgi jinoyat ishi boʻyicha Shveytsariya bank hisobvaragʻida muzlatib qoʻyilgan.

Shu bilan birga, sud qarori bilan allaqanday Oʻzbekiston fuqarosi B.ga nisbatan sud qarori qabul qilingan. Ayol Gulnora Karimova nomidan hujjatlarni soxtalashtirish va pulni yuqishda aybdor deb topilgan. B.ning bu qilmishlaridan maqsad Gulnora Karimova pul mablagʻlarining haqiqiy egasi ekanligi toʻgʻrisidagi faktni yashirish boʻlgan.

Karimovaning advokati Greguar Manjning soʻzlariga koʻra, bu Gulnora uchun muhim gʻalaba, Shveytsariya prokuraturasida esa 350 million dollarning noqonuniy kelib chiqishini isbotlovchi dalillar yetarli emas.

Advokatning aniqlik kiritishicha, ushbu qaror Shveytsariyaning pullarni Oʻzbekistonga qaytarishdan oldinroq Gulnora Karimovaga qaytarish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, 2012 yilda Shveytsariya prokuraturasi Gulnora Karimovaning 800 mln shveytsariya frankiga teng aktivlarini muzlatib qoʻygan edi. Ushbu mablagʻlarning bir qismi — 131 mln dollarga yaqini — 2019 yilda qayd etilgan.

2015 yil avgust oyida Karimova tovlamachilik va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashda ayblanib, 2017 yilning dekabrida yana bir jinoiy ish doirasida unga 10 yilga ozodlikdan mahrum etish koʻrinishida jazo tayinlangan edi. 18 mart kuni sud yangi jinoiy ish doirasida uning qamoq muddatini 13 yil toʻrt oygacha uzaytirdi.

Asosiy mavzular