15:57 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)
434 0 0

Koronavirus tarqalgan hududning "yuragidan" boʻlgan xitoylik ekspert-virusolog oʻz oʻrganishlari davomida kashf qilgan holatlar haqida gapirdi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Xitoy hududida koronavirusga ega koʻpshapalaklarning bir qancha turi mavjud, deb xabar qildi Uxan virusologiya instituti mutaxassisi Shi Chjenli. Uning soʻzlaridan Guardian iqtibos keltirmoqda.

Virusolog koronavirusning yangi turlari mamlakatning janubiy va janubi-gʻarbiy qismlarida roʻyxatdan oʻtkazilganini qoʻshimcha qildi.

Ekspert shuningdek, koronavirusli koʻrshapalaklar Xitoy chegarasidan tashqarida, xususan, Janubiy Osiyoda ham mavjud, deya hisoblaydi.

Chjenli COVID-19 virusi koʻrshapalakdan odamga toʻgʻridan-toʻgʻri yuqmaganini, oʻrtadagi tashuvchini aniqlashtirish kerakligiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, oʻtgan yilning oxirida topilguniga qadar, virusning hayvonlar yoki odamlar orasida qancha vaqt tsirkulyatsiya qilganligi haqidagi savol ham nomaʼlumligicha qolmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1350)

Asosiy mavzular