06:30 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
681 0 0

Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqariladigan yakuniy narxi tasdiqlandi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqariladigan yakuniy narxini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya SSV rahbarining yordamchisi Aleksey Kuznetsovning soʻzlariga koʻra, vaktsinaning narxi ikkita komponent uchun 1942 rublni (26,1 dollar) tashkil etadi.

Besh dona ikki komponentli toʻplamdan iborat qadoq narxi 9710 rubl atrofida (130,7dollar) boʻladi. U rossiyaliklar bepul va ixtiyoriy ravishda emlanishini taʼkidladi. Vaktsina chakana savdoga chiqarilmaydi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaktsina roʻyxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor”markazining “EpiVakKorona” vaktsinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaktsinasi ham roʻyxatga olinishi kutilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi  ommaviy emlashni boshlashni topshirgan edi. Moskvada 5 dekabrdan fuqarolarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborildi. Birinchi navbatda taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda ijtimoiy xizmat xodimlari emlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 4 dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Oʻzbekistonga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaktsinasi namunalarini olib keldi. Namunalar ular sinovlardan oʻtkazilishi uchun Oʻzbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan soʻng vaktsina roʻyxatdan oʻtkaziladi va Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
Teglar:
koronavirus pandemiyasi, Rossiya, koronavirus, vaktsina, Sputnik V

Asosiy mavzular