19:17 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
164 0 0

Bemorlar kasalxonaga bosh aylanishi va tutqanoq tutib qolishi shikoyatlari bilan yotqizilgan. Shuningdek, ular qoʻqqisdan hushdan ketish va ogʻizdagi koʻpik va titrashdan shikoyat qilishgan.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida nomaʼlum kasallik tufayli bir kishi vafot etdi va 350 nafardan ziyod kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda India TV xabar qilmoqda, deya yozadi RIA Novosti.

Bemorlar kasalxonaga bosh aylanishi va tutqanoq tutib qolishi shikoyatlari bilan yotqizilgan. Shuningdek, ular qoʻqqisdan hushdan ketish va ogʻizdagi koʻpik va titrashdan shikoyat qilishgan.

Tibbiyot xodimlarining maʼlumotlariga qaraganda, 160 nafarga yaqin kishi davolanmoqda, 180 nafardan ziyod kishiga javob berilgan.

Kasallik sabablarini aniqlash uchun shaharga Milliy ovqatlanish instituti, Kimyo texnologiyalari instituti va Butunhindiston tibbiyot fanlari instituti shifokorlaridan iborat guruh joʻnatilgan.

Shuningdek, Andxra-Pradesh shtatining asosiy vaziri Jagan Mohan Reddi Eluruga tashrif buyuradi. U bemorlar bilan muloqat qilib, mahalliy amaldorlar bilan uchrashuv oʻtkazishi kutilmoqda.

Qon va miyaning kompyuter tomografiyasi tahlillari oʻtkazilganiga qaramasdan tibbiyot xodimlarini qoʻqqisdan kasallanish sababini aniqlay olishmagan. Ehtimoliy sabab bakteriologiya tahlillaridan keyin aniqlanishi aytilmoqda.

Teglar:
kasallik, Hindiston

Asosiy mavzular