18:02 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
50310

Argentina terma jamoasidagi 1986 yilgi jahon chempioni, afsonaviy futbolchi Diyego Maradona har oyda 100 ming yevrodan ortiq mablagʻ sarflagan.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Argentina terma jamoasidagi 1986 yilgi jahon chempioni, afsonaviy futbolchi Diyego Maradona har oyda 100 ming yevrodan ortiq mablagʻ sarflagan, deb xabar qildi Marca nashri América TV telekanaliga asosan.

Maʼlumki, bu mablagʻ har oyda argentinalik afsonaning shaxsiy hisob-raqamidan yechilib, futbolchining yaqin odamlariga oʻtkazib kelingan. Maʼlumotlarga koʻra, Maradona Argentina va undan tashqarida 50ga yaqin oilaga yordam berib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, 25 noyabr kuni, Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi, afsonaviy futbolchi Diyego Maradona 60 yoshida vafot etdi.

Uni soʻnggi marta 30 oktyabrda omma orasida koʻrishgan. U mamlakat chempionatining 1-turi "Ximnasiya va Esgrima" va "Patronato" (3:0) oʻrtasida kechgan, oʻzining 60 yilligiga bagʻishlangan uchrashuvida koʻrinish bergandi. Uchrashuv oldidan Maradonaga esdalik taxtachasi topshirilgan. Diyego matchni oxirigacha tomosha qilmagan, oʻzini yomon his qilayotganini aytib, ketgan.

Maradonaning sogʻayishi alkogolizm va narkomaniya oqibatlari tufayli qiyinlashgan edi.

Klublar darajasidagi jahon chempioni Argentinaning “Argentinos Xuniors”, “Boka Xuniors”, “Nyuells Old Boyz”, Italiyaning “Napoli”, Ispaniyaning “Sevilya” va “Barcelona” jamoalarida oʻynagan.

Oʻtgan haftada argentinaliklar afsonaviy futbolchi Diyego Maradona suratini 10 ming peso pul birligida tasvirlashni taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Tashabbusni 15 mingdan ortiq kishi qoʻllab-quvvatladi. Pul birligining dizayni yaratildi. Kupyuraning markazida Maradonaning yoshlikdagi portreti, orqa fonda esa u 1986 yilda yutib olgan Jahon kubogi tasvirlangan.

Teglar:
Diyego Maradona

Asosiy mavzular