TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko iqtisodiyot masalasiga bagʻishlangan yigʻilishda hukumat oldiga barcha ishsizlarni ishga joylashtirish vazifasini qoʻydi.
“Zudlik bilan ishsizlarni ishga joylashtirish bilan shugʻullaninglar. Militsiya organlari bilan: kimni lozim bilsangiz jalb qiling. Zudlik bilan sandiroqlab yurgan ishyoqmaslar roʻyxatga olinsin va ular ishlashga majburlansin”, - dedi Lukashenko. Uning soʻzlaridan Sputnik Belarus agentligi iqtibos keltirgan.
Belarus rahbarining soʻzlariga koʻra, ushbu chora ommabop emas, lekin usiz ish boʻlmaydi.
“Bugun ishlamayotgan, sanqib yurgan kishi – bu koʻchadagi shunchaki “prostestun” emas, bu bizga har kuni, har hafta, har oy jinoyat tashlab qoʻyadigan boʻlajak jinoyatchidir”, - dedi u.
Shuningdek, prezident davlat bu jinoyatlarni fosh qilish uchun “katta mablagʻ” sarflashga majburligi, keyin qamoqqa tushgan shaxslarni saqlash uchun mablagʻ sarflashini taʼkidladi.
“Yana bir bor takrorlayman: barchani ishlashga majburlang, har bir kishining ishlashi kerak boʻlgan bunday ishyoqmaslar roʻyxati boʻlishi shart”, - deya xulosa qildi Lukashenko.