TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Donald Trampning sevimli va eng yaxshi maslahatchisi Ivanka Tramp narxi oddiy amerikalikning oylik maoshiga teng keladigan libosda suratga tushdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
AQSH amaldagi prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka jamoatchilikni hayratga solishga qaror qildi: u yorqin koʻylakda suratga tushdi.
Yaltiroq koʻylak - qish, bayram mavsumining asosiy trendi hisobladi. Oq uyda Rojdestvo archasi ostida Ivanka Trampning eri bilan suratga tushgan.
Ammo libosning juda qimmat narxi tufayli muxlislar tanqidiga sabab boʻldi. Oqshom va toʻy liboslari Markarian brendidan kumush rangli koʻylakning narxi 2,750 dollar.
"Bu koʻylak mening maoshimga teng", "Ivanka, kamtarroq boʻlish vaqti keldi", "Oddiy liboslar unga koʻproq yarashadi", "Koʻzni qamashtiradigan, juda qimmat", - deb yozishdi Instagram obunachilari.