16:30 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
22610

"Chanʼe-5" Xitoy kosmik apparatining qoʻnish moduli Oyda Xitoy bayrogʻini oʻrnatdi. Endi kosmik kema muhim yuk bilan Yerga qaytishi kerak.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. "Chanʼe-5" Xitoy kosmik apparatining qoʻnish moduli Oy yuziga Xitoy bayrogʻini oʻrnatdi va undan tuproq namunalarini yigʻdi. “Chanʼe-5” zondi 2020 yil 1 dekabrda Oyga qoʻngan edi.

  • Kitayskiy lunnыy zond Chang'e-5
    © AP Photo / China National Space Administration / Xinhua
  • Kitayskiy lunnыy zond Chang'e-5 na Lune
    © AP Photo / China National Space Administration / Xinhua
  • Kitayskiy lunnыy zond Chang'e-5
    © AP Photo / China National Space Administration / Xinhua
  • Kitayskiy zond Chang'e-5
    © REUTERS / CHINA NATIONAL SPACE ADMINISTRAT
1 / 4
© AP Photo / China National Space Administration / Xinhua
Kitayskiy lunnыy zond Chang'e-5

Endi kosmik kema muhim yuk bilan Yerga qaytishi kerak.

Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi kosmik kema tasvirga olgan suratlarni eʼlon qildi. Kosmik zond taxminan ikki kilo oy tuprogʻini yigʻdi va Xitoy bayrogʻini oʻrnatdi.

Bungacha oyga faqat amerikalik astronavtlar oʻz bayrogʻini oʻrnatgan edi.

Endi zond qaytishi kerak: 16-17 dekabr kunlari kemaning kapsula bilan yerga tushishi rejalashtirilgan.

1969-1976 yillarda AQSH va SSSR Oy tuproqlarini Yerga olib kelgan, agar bu missiya muvaffaqiyatli oʻtsa, Xitoy tadqiqot uchun oydan tuproq olib kelgan uchinchi mamlakat boʻladi.

Teglar:
Quyosh, Oy, kosmos, Xitoy

Asosiy mavzular