18:41 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
152720

“Miss Tailand” goʻzallik tanlovi ishtirokchilari fotosessiya paytida osma koʻprikdan loyqa suvga qulab tushishdi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. “Miss Tailand” goʻzallik tanlovining ishtirokchilari fotosessiya paytida osma koʻprikdan loyqa suvga qulab tushishdi.

The Daily Mail xabariga koʻra, voqea musobaqaning ikkinchi kunida, qizlar restoran yaqinidagi osma koʻprikda suratga tushayotganda sodir boʻldi.

Koʻprikning arqonlari uzilib ketdi. Koʻprikda turgan barcha 30 nafar ishtirokchi suvga qulab tushishdi. Uch nafar ayol yengil jarohat oldi.

Restoran egasi davolanish uchun pul toʻlash va tanlov ishtirokchilarining liboslarini tartibga keltirishga vaʼda berdi.

Milliy goʻzallik tanlovi direktori Adisorn Suddi xavfsizlik muammolarini hal qilish maqsadida tadbir ataylab poytaxtdan koʻchirilganligini aytdi.

Asosiy mavzular