17:51 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
34501

Bunga qadar amaldagi amerika yetakchisi Donald Tramp ushbu hujjatga veto qoʻyish bilan hammani qoʻrqitib kelgan maʼlum. Sababi, hujjatdagi ayrim nizomlar Trampga maqbul boʻlmagan, ammo kongress shu kunga qadar Oq uy rahbari tahdidlarini inkor etib kelgan.

TOSHKENT, 9 dek - Sputnik. Qoʻshma Shtatlar kongressidagi vakillar palatasi Rossiya gaz quvurlariga qarshi sanktsiyalarni nazarda tutuvchi 2021 yilgi Mudofaa byudjetini qoʻllab-quvvatladi. Ovoz berish natijalari shundan darak bermoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Shimoliy oqim: Nima uchun AQSH gaz quvuri qurilishiga toʻsqinlik qilmoqda
Ruptly / Wh.gov / facebook.com/maria.zakharova.167

Bunga qadar amaldagi amerika yetakchisi Donald Tramp ushbu hujjatga veto qoʻyish bilan hammani qoʻrqitib kelgan maʼlum. Sababi, hujjatdagi ayrim nizomlar Trampga maqbul boʻlmagan, ammo kongress shu kunga qadar Oq uy rahbari tahdidlarini inkor etib kelgan.

Umumiy qiymati 740 milliard dollar boʻlgan ushbu qonun loyihasiga binoan, shu jumladan, "Shimoliy oqim-2" hamda "Turk oqimi" gaz quvurlariga nisbatan, Ukrainaga qurol-aslahalarni yetkazib berishga, amerika va Rossiya harbiylarining hamkorligiga qarshi sanktsiyalarni kengaytirish, shuningdek, S-400 ZRK olgani uchun Turkiyaga qarshi sanktsiyalarni qoʻllash hamda Moskvaga qarshi qaratilgan boshqa choralarni qoʻllash nazarda tutiladi.

Ushbu hujjat qabul qilinishini vakillar palatasining 300 dan ortiq deputatlari maʼqullashgan, yaʼni bu 438 aʼzoning uchdan ikki qismidan sal koʻproqni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, zarurat tugʻilganida, palata Tramp vetosini yengishi mumkin, ammo bu ishni hozircha ushbu qonun loyihasi boʻyicha ovoz bermagan senat ham amalga oshirishi lozim.

Kongress tomonidan qonun loyihasiga "tikib qoʻyilgan" AQShda Fuqarolar urushi vaqtida Janubdagi quldorlarga ega boʻlgan harbiy qoʻmondonlar sharafiga nomlangan harbiy bazalar nomini oʻzgartirish istagi amerika prezidentiga yoqmayapti.

Ushbu choralar tarafdorlari bu irqchilikka qarshi kurashda yordam berishini taʼkidlashmoqda, qarshi tomonlar esa - ushbu qadamlarni "amerika tarixi bilan ortiqcha sarhisob qilish"ga yoʻyishmoqda.

Bundan tashqari, Tramp qonunda ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarga ular tomonidan chop etilayotgan kontent uchun javobgarlik choralarini biriktirib qoʻyilishini talab qilgan. Bu talablar mudofaaga emas, balki amerika yetakchisi va ijtimoiy tarmoqlarning shaxsiy hisob-kitoblariga tegishli. Twitter, Facebook va boshqa platformalar koʻpdan-koʻp holatlarda Tramp bayonotini dezinformatsiya yoki shubhali kontent sifatida belgilab qoʻyadi.

AQSH prezidenti ularni tsenzura va siyosatga taʼsir oʻtkazishga urinishda ayblab keladi. Agar ijtimoiy tarmoqlar va OAV yuridik jihatdan oʻzlari chop etgan maqolalarga javobgar etib tan olinsa, bu mamlakatda shakllangan anʼanani buzadi va mass-media ishini cheklab qoʻyishi mumkin. Kongress ushbu masalada Tramp bilan yakdil emas.

Asosiy mavzular