17:40 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
177 0 0

Inson huquqlari boʻyicha Afgʻoniston mustaqil komissiyasi 2020 yilning birinchi yarmida toliblar hujumi va radikallar tomonidan tashkillashtirilgan portlashlar oqibatida 630 nafar afgʻon oʻsmirlari oʻldirilgan yoki jarohatlangan

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Afgʻoniston mustaqil inson huquqlari komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning olti oyida Tolibon radikal harakati (RFda taʼqiqlangan) tomonidan Afgʻoniston hududida sodir boʻlgan jangovar harakatlar yoki terroristik hujumlar natijasida 600 dan ortiq oʻsmirlar halok boʻlgan yoki jarohatlangan.

Komissiya dokladidan Afgʻonistonning "Tolo nyus" telekanali iqtibos keltirgan.

Inson huquqlari boʻyicha komissiyaning aniqlik kiritishicha, "Tolibon" harakatlari natijasida 225 nafar bola halok boʻlgan, 405 nafari jarohatlangan.

Komissiya vakili Zabixulla Farxanning taʼkidiga koʻra, "afgʻon aholi punktlarida zoʻravonlik eskalatsiyasi" oʻsmirlar halokatining asosiy sababi sifatida keltirilgan.

Noyabr oyi oxirida BMTning inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Mishel Bachelet 2020 yilning birinchi 10 oyida Afgʻonistonda, BMT maʼlumotlariga koʻra, 2117 nafar fuqarolar oʻldirilgan va 3822 nafari jarohatlangan.

Bacheletning soʻzlariga koʻra, 12 sentyabrda Qatar poytaxtida afgʻon hukumati va "Tolibon" oʻrtasida mamlakatda tinchlikni tiklash borasida muzokaralar boshlanganidan buyon oddiy aholi orasida qurbonlar soni kamayishiga erishilmagan.

Asosiy mavzular